Ijara biznesi egalari uchun

Ijara hisobingiz — bitta ilovada

Jihoz kimda, kim qancha qarz, omborda nima qoldi — daftar, Excel va Telegram yozishmalarisiz, bir ekranda. Telefonda ham, kompyuterda ham.

  • Birinchi 7 kun tekin
  • O'zimiz kelib o'rnatamiz
  • Telefon va kompyuter
NAMUNA MA'LUMOT
Rental: bugungi ishlar va qarzlar
Rental: ijaralar ro'yxati
Rental: mijozlar bazasi

01 · Bir qarashda

Rental haqida

Ijara biznesiga kundalik kerak bo'ladigan hamma narsa bitta joyda: jihoz, mijoz, muddat, qarz va hujjat.

Kimlar uchunJihoz ijaraga beruvchilar
Sinov7 kun tekin
NarxiBiznes hajmiga qarab
QurilmalarTelefon · Kompyuter

02 · Imkoniyatlar

Ijara biznesingizga kerak hamma narsa

Daftar va Excel o'rniga bitta ilova.

Mijozlar bazasi va qarz

Har bir mijozning ijaralari, to'lagani va qarzi bir joyda. Yonidagi tugma bilan bir bosishda qo'ng'iroq qilasiz yoki Telegramdan yozasiz.

Qarzni bot eslatadi

Qaytarish muddati yaqinlashsa yoki qarz qolsa, bot mijozning Telegramiga o'zi eslatma yuboradi. Siz qayta-qayta qo'ng'iroq qilmaysiz.

Aniq ombor hisobi

Har bir jihozdan jami nechta, nechtasi ijarada, nechtasi bo'sh — raqamlarda ko'rasiz. Hech narsa daftarda yo'qolmaydi.

Nakladnoy avtomatik

Ijara qo'shilishi bilan nakladnoy tayyor. Word fayl sifatida yuklab olasiz yoki Telegramdan mijozga yuborasiz.

Brak — hujjat va dalil

Jihoz shikastlanib qaytsa, brak soni va summasi qayd qilinadi va umumiy summaga qo'shiladi. Nizo bo'lsa, aniq javob tayyor.

Muddat nazorati

"Bugun" sahifasida muddati o'tgan, bugun va ertaga qaytadigan, yopilgan lekin to'lanmagan ijaralar alohida ko'rinadi.

Jihoz o'zini oqlashi

Jihozning xarid narxini kiritsangiz, u ijaradan qancha topgani va necha oyda o'zini oqlashi hisoblanadi.

Internet uzilsa ham ishlaydi

Aloqa yo'qolsa ham ishlashda davom etasiz. Internet qaytgach, hamma o'zgarish o'zi saqlanadi.

Sizning biznesingizga moslanadi

Har bir biznesning jihozi va ish tartibi har xil. Dastur sizniki bo'lib sozlanadi, xodimlarga alohida ruxsat beriladi.

03 · Ekranlar

Kompyuterda ham, telefonda ham

Rasmlar ishlayotgan ilovadan olingan. Ismlar, telefonlar va summalar — o'ylab topilgan namuna.

Rental kompyuter versiyasi
Rental: bugungi ishlar
Bugun
Rental: ijaralar
Ijaralar
Rental: mijozlar
Mijozlar
Rental: mijoz va qarzi
Mijoz va qarzi
Rental: jihozlar
Jihozlar

04 · Qanday ishlaydi

To'rt qadamda boshlang

  1. 1

    Ariza qoldiring

    Pastdagi qisqa formani to'ldiring yoki qo'ng'iroq qiling.

  2. 2

    Umar bog'lanadi

    Sizga qulay joyga o'zi kelib, dasturni ko'rsatadi va o'rnatib beradi.

  3. 3

    7 kun tekin sinang

    Jihozlaringiz va mijozlaringiz bilan haqiqiy ishda sinab ko'rasiz. Biznesingizga moslab sozlab beramiz.

  4. 4

    Davom eting

    Foydali bo'lsa, biznesingiz hajmiga mos oylik narx kelishiladi. Foydasiz bo'lsa, to'xtatasiz.

Rental telefon ilovasi

05 · Narx

Narx biznesingiz hajmiga qarab

Kichik biznes bilan katta biznes bir xil to'lamaydi. Narx biznesingizning ish hajmiga qarab belgilanadi.

Birinchi 7 kun tekin

Avval o'z jihozlaringiz bilan sinab ko'rasiz. Karta ham, oldindan to'lov ham kerak emas.

Aniq narx, birinchi uchrashuvda

Ish hajmingizga qarab oylik summani o'zimiz hisoblab aytamiz. Yashirin to'lov yo'q.

Majburiyat yo'q

Foydasiz bo'lsa, to'xtatasiz. Ketmoqchi bo'lsangiz, ma'lumotingizni topshirib beramiz.

Narxni bilish

06 · Ma'lumotlaringiz

Ma'lumotlaringiz sir saqlanadi

Har bir biznesning bazasi alohida, ma'lumot faqat sizniki.

Baza alohida

Har bir biznes o'z bazasida ishlaydi. Boshqa biznes sizning mijozlaringiz va qarzlaringizni ko'rmaydi. Ketmoqchi bo'lsangiz, ma'lumotingizni topshiramiz.

Har bir o'zgarish yoziladi

To'lov bekor qilindi, ijara tuzatildi — kim va qachon qilgani tarixda turadi. Nizoli holatda aniq javob bor.

Xodimga kerakli ruxsat

Har bir adminga nima qila olishini siz belgilaysiz: ko'rish, tahrirlash yoki o'chirish.

07 · Savollar

Ko'p so'raladigan savollar

Qanday ijara bizneslari uchun?

Jihozni ijaraga beradigan bizneslar uchun: qurilish jihozlari va instrumentlar, tibbiy jihozlar, tadbir jihozlari (stol-stul, chodir), ovoz va yorug'lik, foto-video texnika, turizm anjomlari, libos ijarasi. Avtomobil va uy-joy ijarasi uchun emas.

7 kunlik sinov qanday ishlaydi?

Ariza qoldirasiz yoki qo'ng'iroq qilasiz. Umar sizga qulay joyga o'zi kelib, dasturni ko'rsatadi va jihozlaringizni kiritishga yordam beradi. 7 kun tekin ishlatasiz. Foydali bo'lsa davom etasiz, bo'lmasa to'xtatasiz.

Telefonda ishlaydimi?

Ha. Dastur telefon va kompyuter brauzerida bir xil ishlaydi. Uni telefonning bosh ekraniga alohida ilova sifatida qo'shib olish ham mumkin. Mijozlaringiz uchun Telegramda alohida oyna ham bor.

Ma'lumotlarim xavfsizmi?

Har bir biznesning bazasi alohida saqlanadi, boshqa biznes uni ko'ra olmaydi. Kirishga urinishlar cheklanadi, xodimlarga alohida ruxsat beriladi, zaxira nusxa olib turiladi.

Daftar yoki Excel'dagi ma'lumotni ko'chirib bo'ladimi?

Ha. Jihozlaringiz ro'yxatini Excel jadvalida tayyorlab beramiz va dasturga kiritishda yordam beramiz.

Narx qancha?

Narx biznesingizning ish hajmiga qarab belgilanadi va birinchi uchrashuvda aniq aytiladi. Birinchi 7 kun tekin, bu vaqtda to'lov so'ralmaydi.

Internet uzilsa nima bo'ladi?

Dastur ishlashda davom etadi. Internet qaytgach, kiritgan ma'lumotlaringiz o'zi saqlanadi.

08 · Ariza

7 kun tekin sinab ko'ring

Qisqa formani to'ldiring. Umar o'zi bog'lanadi, kelib ko'rsatadi va biznesingizga moslab beradi.

  • Karta kerak emas
  • Majburiyat yo'q
  • O'zimiz kelib o'rnatamiz

Yuborish orqali ma'lumotlaringizni biz bilan bog'lanish uchun ishlatishimizga rozilik berasiz.